Ilon Mask qarindoshlarini Twitter’ga ishga oldi

«Maskning ikki amakivachchasi Jeyms va Endryu Mask hozirda Twitter’da toʻliq stavkada ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda oʻnlab Tesla muhandislari, The Boring Company xodimlari va Maskning professional doirasidagi boshqalar ham faoliyat olib bormoqda», deyiladi xabarda.Shuningdek, Twitter jamoasiga Maskning advokati Aleks Spiro va milliarderning oilaviy investitsion Excession kompaniyasi rahbari Jared Birchall ham kirgan. Ilon Mask Twitter kompaniyasi xodimlarini ommaviy ishdan boʻshatishni yakunladi va yangi xodimlarni yollashga oʻtdi. Mask rahbarligida 3,5 haftalik faoliyatidan soʻng Twitter’ning 7,5 ming xodimidan bor-yoʻgʻi 2,7 ming nafari qolgan. Milliarder Twitter’da qaysi lavozimlar uchun muhandis yoki sotuvchilarni qidirayotganiga aniqlik kiritmagan, hozirda kompaniya saytida ham ochiq vakansiyalar yoʻq. Mask Twitter’ga kelganidan beri kompaniya 7 500 nafar xodimining 50 foizini ishdan boʻshatdi. Shundan soʻng u qoʻygan ultimatumni — ketish yoki qattiq rejimda ishlash — 17 noyabrgacha qaror qabul qilishni talab qildi. Twitter’ning yuzlab xodimlari Ilon Maskning ultimatumidan soʻng ommaviy ravishda ishdan ketishni boshladi. Ular ortiqcha ishlashdan koʻra uch oylik nafaqani afzal koʻrib, kompaniyani tark etishga qaror qilgan.
