platina.uz
Jamiyat

Navoiyda 454 kishini chuv tushirgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Navoiyda 454 kishini chuv tushirgan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Jinoiy guruh aʼzolarining 2 nafari 16 yoshli bola. Ular odamlarning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, juda koʻp miqdordagi pullarni oʻzlashtirgan. Maʼlum qilinishicha, Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida nomaʼlum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritgan holda 2 mln 780 ming soʻm pulini yechib olganligini, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoyatni Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan 16 yoshli A.A. va uning 2001 yilda tugʻilgan akasi A.Sh. hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi, 1985 yilda tugʻilgan N.B. va uning 16 yoshli oʻgʻli B.D. sodir etganligi aniqlangan. Jinoiy guruh soxta havolalardan foydalanib, Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolgʻon xabarlarni tarqatgan va 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib juda koʻp miqdordagi pullarni oʻzlashtirgan. Jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid