platina.uz
Jamiyat

Fargʻona vodiysi viloyatlarida AGTKSlar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Fargʻona vodiysi viloyatlarida AGTKSlar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish stansiyalari vaqtincha yopildi. “Oʻztransgaz” xabariga koʻra, tabiiy gazni birinchi navbatda aholi uylariga va ijtimoiy obʼektlarga yoʻnaltirish maqsadida shunday qarorga kelingan.

“Ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obʼektlarining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi. Shuni inobatga olib, Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari bugun, 7 dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini toʻxtatdi.

Vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini maʼlum qilamiz. Keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, 4 dekabrdan boshlab Toshkent shahridagi AGTKSlar ham vaqtincha yopilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid