platina.uz
Jamiyat

Vladimir Norov YeXHTning OAV erkinligi boʻyicha vakili bilan muzokara oʻtkazdi

Vladimir Norov YeXHTning OAV erkinligi boʻyicha vakili bilan muzokara oʻtkazdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ommaviy axborot vositalari erkinligi boʻyicha vakili Tereza Ribeyru bilan uchrashdi. YeXHT OAV erkinligi boʻyicha vakili ofisi bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida axborot sohasini takomillashtirish borasida tub oʻzgarishlar amalga oshirilayotgani, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida ochiqlik va ommaviy axborot vositalari erkinligini taʼminlashga sodiqlik siyosati faol yuritilayotgani qayd etildi. Taʼkidlanganidek, YeXHT OAV erkinligi boʻyicha vakili idorasi bilan ishonch va oʻzaro hurmatga asoslangan yaqin va ochiq hamkorlik oʻtgan yillar davomida jadal rivojlanib bormoqda. Jurnalistlar, blogerlar, respublika davlat organlari matbuot kotiblari xorijiy mutaxassislar va YeXHT ekspertlari ishtirokida treninglar va oʻquv kurslari tashkil etish orqali kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi. Jurnalist ayollar huquqlarini taʼminlash va malakasini oshirishga bagʻishlangan qator seminarlarni birgalikda oʻtkazishdan manfaatdorlik bildirildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid