platina.uz
Jamiyat

Samarqandda aka va uka oʻrtasidagi janjal qotillik bilan yakun topdi

Samarqandda aka va uka oʻrtasidagi janjal qotillik bilan yakun topdi
2022 yil 1 dekabr kuni Samarqand tumani Qaynama mahallasidagi avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasida aka va uka oʻrtasida janjal sodir boʻlgan. Janjal davomida aka ukasiga oshxona pichogʻi bilan bir necha marta zarba bergan. Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan uka vafot etgan. Dastlabki surishtiruvda natijasida qotillik oilaviy mojarolar va mast qiluvchi ichimlik taʼsiri ostida sodir etilgani aniqlangan. Hodisa yuzasidan qotillik sodir boʻlgan mahallada viloyat IIB boshligʻi ishtirokida muhokama yigʻilish boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda mahalla mutasaddilari hamda uchastka profilaktika inspektorining faoliyati keskin tanqid ostiga olingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid