platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada profilaktika inspektori oʻzini otib qoʻydi

Fargʻonada profilaktika inspektori oʻzini otib qoʻydi
Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan oʻz boshini jarohatladi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Maʼlum boʻlishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. 5 dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda oʻtkazilgan ertalabki yoʻriqnomaga kelmagan hamda u bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmagan. Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 kilometr uzoqlikdagi Besarang qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi Katta Fargʻona kanali yoqasidagi yoʻlning chetida, oʻziga tegishli boʻlgan Spark avtomobilida oʻziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning «1Xbet» ilovasidan foydalanib, 2022 yilning avgustida 45 million soʻm yutqazgani uchun qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengash nazoratida boʻlgan. Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan oʻrganilmoqda. Maʼlumot uchun, Respublika kesimida qimor oʻyinlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar soni 2019 yilda 1 454 ta tashkil etgan boʻlsa, 2022 yilning 6 oyida 2 325 taga yetgan. Ushbu oʻyinlarni tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta boʻlsa, 2022 yilning 6 oyida 90 tadan oshgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid