platina.uz
Jamiyat

7 dekabr kuni ayrim hududlarda harorat 9 daraja sovuqqacha pasayadi

7 dekabr kuni ayrim hududlarda harorat 9 daraja sovuqqacha pasayadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 7 dekabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 0-2 daraja sovuq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, baʼzi joylarda 20 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq boʻladi. Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi. Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, baʼzi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi. Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti qor yogʻadi, tuman tushadi. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid