"Aloqabank"da zilzila holati tekshirildi
AT "Aloqabank" filiallarida zilzila holatlari va yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar oʻtkazildi.

AT "Aloqabank" filiallarida zilzila holatlari va yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida AloqaBank tizimi filiallarida amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida bank xodimlariga yongʻin xavfsizligi, zilzila va uning oqibatlariga oid nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimlari ishtiroki va nazorati ostida oʻtkazildi.