platina.uz
Jamiyat

Barcha attraksionlarda ogohlantirish vositalari boʻlishi kerakligi belgilandi

Barcha attraksionlarda ogohlantirish vositalari boʻlishi kerakligi belgilandi
Hukumat qarori bilan attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Attraksion boshqarish tizimlari ogohlantirish signalizatsiyasi va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan attraksion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni oʻz ichiga oladi. Attraksion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari operator tomonidan maʼlumotlar xatosiz, ishonchli va tez qabul qilinishini taʼminlashi lozim. Attraksionni ishga tushirish, toʻxtatilgandan keyin qayta ishga tushirish faqat ishga tushirishni boshqarish organi orqali amalga oshiriladi. Attraksionlar harakatlanuvchi qismlari ular shikast yetkazishi mumkin boʻlgan zonalarga odamlar kirishi oldini oluvchi toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi zarur. Attraksion barcha toʻsiqlari shunday mahkamlangan boʻlishi kerakki, ular faqat asboblar yordamida ochiladigan boʻlishi shart. Toʻsiqlar eshiklari qulflanuvchi moslama bilan jihozlanishi kerak. Zanjir, arqon yoki kamarning yigʻish birligi hisoblanmaydigan har bir qismi tamgʻalangan boʻlishi, agar buning iloji boʻlmasa, ishlab chiqaruvchi nomi va uning joylashgan joyi koʻrsatilgan taxtacha yoki yechilmaydigan halqaga ega boʻlishi kerak. Attraksionga kirish joyi oldida sogʻligʻi, yoshi, boʻyi va vazni boʻyicha attraksiondan foydalanishga oid cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishi lozim. Har bir foydalanilayotgan attraksionga kirish joyi oldida soʻnggi yillik tekshiruv oʻtkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborot taxtachasi joylashtirilishi kerak.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid