platina.uz
Jamiyat

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 25 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yoʻnalishida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni $25 mingga AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Maʼlum boʻlishicha, 1994 yilda tugʻilgan Samarqand shahrida yashovchi X. S. fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQShga yuborishi evaziga 25 ming AQSh dollari soʻragan. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSh dollarini olayotganda ushlandi. Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid