platina.uz
Jamiyat

Olmazor tumanida profilaktika inspektori oʻldirib ketildi

Olmazor tumanida profilaktika inspektori oʻldirib ketildi
Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 30 noyabr kuni soat 00.50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumandagi Gʻalaba mahallasiga tezkor chaqiruv boʻyicha yetib boradi. Xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida muqaddam sudlangan 30 yashar erkak xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashirinadi. N.Bobomurotov olgan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. «Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam oʻldirish») bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Voqea tafsilotlari toʻliq oʻrganilgandan soʻng jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni yoritishda faqat rasmiy manbalardan foydalanishlarini soʻraymiz», deyiladi rasmiy bayonotda. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning qoʻshimcha qilishicha, hozirda prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan boʻlib, xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga olish uchun barcha zarur choralar koʻrilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid