platina.uz
Jahon

AQSh dunyodagi eng qimmat dorini roʻyxatdan oʻtkazdi

AQSh dunyodagi eng qimmat dorini roʻyxatdan oʻtkazdi
AQSh dunyodagi eng qimmat dori vositasidan foydalanishga ruxsat berdi, deb yozdi Oddity Central. Bitta inʼeksiya narxi taxminan $3,5 mln. Preparat Hemgenix deb ataladi. Dorishunoslarning fikricha, uning yordamida odam gemofiliya – qon quyulishi buzilishidan tuzalib ketadi. Hozirgacha standart muolajalar bemorlarning qonida yetishmayotgan protein miqdorini yetarli darajada ushlab turish uchun doimiy inʼeksiyalarni talab qilgan, ammo yangi dori tufayli gemofiliya bilan ogʻrigan bemorlarga toʻliq shifo topish uchun preparatning bir dozasi yetarli boʻladi. Hemgenix ampulasining narxi 3,5 million dollarni tashkil etadi, bu esa uni tarixdagi eng qimmat doriga aylantiradi. Biroq, yuqori narxga qaramay, ekspertlarning fikricha, preparat muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega - gemofiliya uchun mavjud davolash usullari ham katta pul talab qiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid