platina.uz
Jamiyat

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
“Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilib, unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz oʻquv tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, shtat birliklari, oʻquv va moddiy-texnika bazasi akademiyaga oʻtkaziladi. Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash va tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyati boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish akademiya faoliyati asosiy yoʻnalishlaridan biridir. 2023/2024 oʻquv yilidan akademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) boʻyicha oʻquv jarayoni tashkil etiladi. Bunda, qabul kvotalari bakalavriat boʻyicha – 250 nafargacha talaba, magistratura boʻyicha – 50 nafargacha oliy yuridik maʼlumotli vakolatli davlat organlari xodimlarini tashkil etadi. Akademiya qabul parametrlari har yili prezident tomonidan belgilanadi. Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlar muayyan toifalariga respublika boshqa OTMga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun akademiyada tegishli oʻquv dasturlari boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish majburiy tartibi joriy qilinadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid