platina.uz
Sport

Oʻzbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi

Quddus shahrida shaxmat boʻyicha milliy jamoalar oʻrtasida FIDE jahon chempionati yakunlandi.

Oʻzbekiston shaxmatchilari finalda Xitoy bilan bellashib, 2 ta raund (1,5:2,5 va 1,5:2,5) yakuniga koʻra magʻlub boʻlishdi. Jahon chempionatining kumush medali oʻzbek shaxmati tarixidagi eng yaxshi natija boʻldi. Jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qildi. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qildi. Avvalroq, Oʻzbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) magʻlub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar shaxmatchilarimizga guruhda birinchi oʻrin bilan chorakfinalga chiqish uchun yetarli boʻldi. Soʻngra, Oʻzbekiston shaxmatchilari chorakfinalda Ukrainani 2 ta raundda (3:1 va 2,5:1,5), yarimfinalda esa Hindistonni 2 ta (2:2 va 2,5:1,5) raundda magʻlub etishgandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid