platina.uz
Jamiyat

Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi

Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi
Hududlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari lavozimlari tashkil etilmoqda. Administratsiya rahbarining yordamchilari oʻz faoliyatini bevosita hududlarda amalga oshiradi. Bu lavozimlar mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi. Bu borada prezident farmoni qabul qilingan. Hujjatda mazkur oʻzgarish “hududlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va joylardagi vaziyatdan kelib chiqib, tezkor choralar koʻrib borish maqsadi” bilan izohlangan. Rasmiy xabarga koʻra, soʻnggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayapti, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyib, asosan sansalorlik bilan shugʻullanyapti, bu esa aholining haqli eʼtirozlarini keltirib chiqaryapti. Shu sababli Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilangan. Xususan, hududlarda administratsiya yordamchilari faoliyat boshlashidan tashqari, Xalq qabulxonalari xodimlariga taʼsirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha qonunbuzilishlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid