platina.uz
Jamiyat

Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligidan ketdi

Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligidan ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Maʼlumot uchun, Gʻofurjon Mirzayev 1964 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1990 yilda Toshkent politexnika institutini, 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida bugʻdoyni qayta ishlash zavodida boshlagan. U 2003 yilda Oʻzbekiston prezidenti apparatida inspektor sifatida ish boshlagan va 2016 yilga qadar shu yerda ishlagan. 2016 yil 15 dekabrida Oybek Ashirmatov oʻrniga Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid