Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti sessiyasi oʻtkaziladi

- jadval va rejada nazarda tutilgan chora-tadbirlar va vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- BTT Bosh assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar tashkiliy masalalarini hal etish; axborot-tahliliy va hujjatlar oʻz vaqtida, sifatli tayyorlanishini taʼminlash;
- Samarqand shahrida tadbir oʻtkaziladigan joylar texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlash;
- Samarqand va respublika boshqa hududlarida oʻtkaziladigan qabullar va madaniy tadbirlarni tashkillashtirish;
- Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilari Oʻzbekistonga kelish-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirish;
- Bosh assambleya doirasida tadbirlar boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
- Bosh assambleya doirasida tadbirlar boʻlib oʻtadigan hududlarda obʼektlar va mehmonxona fondi tayyorgarligini taʼminlash;
- Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish doirasida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy vazifalarni hal qilish;
- zarur hollarda, Bosh assambleya doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilish.
