platina.uz
Sport

Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etdi

Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etdi
«Manchester Yunayted» klubi portugaliyalik hujumchi oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilganidan soʻng darhol jamoani tark etishini eʼlon qildi. Futbolchi ham buni tasdiqladi. «Klub bilan muzokaralardan soʻng shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. «Yunayted»ni va muxlislarini yaxshi koʻraman — bu hech qachon oʻzgarmaydi. Shu bilan birga, men uchun yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilyapman. Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman», — dedi 37 yoshli portugaliyalik futbolchi. Oldinroq Krishtianu Ronaldu shov-shuvli intervyu berib, klub rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Hagni tanqid qilgandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid