platina.uz
Jamiyat

Qurilish sohasiga jamoatchilik nazorati joriy etiladi

Qurilish sohasiga jamoatchilik nazorati joriy etiladi
Prezidentning «Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayon ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasida: obʼektlar bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligi «Shaffof qurilish» ATda oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi; ushbu tizimda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari yakuni va toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar boʻyicha buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi shartnomalar tuziladi. Shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazish uchun Moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga elektron shaklda yuboriladi; tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga kiritilgan har bir obʼekt identifikatsiya raqami berilgan holda, «Shaffof qurilish» ATga kiritiladi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi, mahalla faollari va OAV dasturlar va loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, sifati hamda koʻlami ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishi, unda aniqlangan kamchiliklar haqida davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha shtablarga maʼlumot taqdim etishi lozim.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid