platina.uz
Tahlil

Fransiya kompaniyasi Toshkent va Navoiy viloyatlarida muqobil energiya manbalarini rivojlantiradi

Fransiya kompaniyasi Toshkent va Navoiy viloyatlarida muqobil energiya manbalarini rivojlantiradi
Fransiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar vaziri Jamshid Xoʻjayev Fransiya savdo vazirligi rahbariyati va bir qator yirik fransuz kompaniyalari bilan savdo- iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati va uni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bagʻishlangan qator uchrashuvlar oʻtkazdi. EDF kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi joriy loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Kompaniya vakillari Toshkent va Navoiy viloyatlarida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish sohasida jami quvvati 1250 Mvt boʻlgan yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdi. «SUEZ» direktorlar kengashi raisi Sabrina Sussan bilan uchrashuvda Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati suv taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish tashkiliy jihatlariga toʻxtalib, bunda kompaniya tajribasini Oʻzbekiston boshqa hududlarida suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirishga kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Kompaniya shaharlarda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qattiq chiqindilarni boshqarish loyihalarida ishtirok etishini nazarda tutgan holda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. EIFFAGE kompaniyasi rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yakkabogʻ – Qarshi yoʻnalishi boʻyicha magistral suv quvurini oʻtkazish loyihasi muhokama qilindi. Quvur uzunligi 82 km, suvni saqlash uchun 4 ta suv havzasi mavjud. Tomonlar loyihani jadal amalga oshirish choralarini koʻrishga kelishib oldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid