Chiroqchi va Mirishkorga vaqtincha hokimlar tayinlandi
Jumladan, Ergashev Zafar Ismoilovich Chiroqchi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Ikki tumanga vaqtinchalik hokimlar tayinlandi, ular shu vaqtgacha hokim oʻrinbosari vazifasini bajarib kelgan.
Jumladan, Ergashev Zafar Ismoilovich Chiroqchi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalgi hokim Chiroqchi tumani hokimi Erkayev Nodir Xudayberdiyevich 11 iyul kuni lavozimidan ozod etilgandi.
Sariqov Anvar Azamatovich Mirishkor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalgi hokim Mirishkor tumani hokimi Sanayev Sherali Choriyevich bir necha kun avval lavozimidan ozod etilgandi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev soʻnggi videoselektor yigʻilishida 12 nafar hokimni ishdan olish boʻyicha topshiriq bergandi.